Yangilash

Menu

Chop etish

Fikr-mulohaza

Fikr-mulohaza

"Yosh kitobxon – 2025" tanlovi uchun eng sara asarlar ro‘yxati tayyor

20.06.2025Tashriflar soni 6091

Muallif
Elektron pochta

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yurtimizdagi eng ommaviy va nufuzli tanlovlardan biri — "Yosh kitobxon" tanlovining 2025-yilgi mavsumiga tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qiladi!
Endi tanlov kitoblarini elektron formatda Milliy kutubxonaning rasmiy portalida bemalol o‘qish mumkin!

"Yosh kitobxon" — bu nafaqat tanlov, bu yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantiruvchi, tafakkurini charxlovchi va ma’naviyatini yuksaltiruvchi katta maydon!
10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha kitobsevar yoshlar! Tanlov quyidagi 3 toifada o‘tkaziladi:


🔹10–14 yosh 

🔹15–19 yosh 

🔹 20–30 yosh  

 

Har bir toifada eng zukko 3 nafar kitobxon tanlab olinadi va diqqat! Ular Prezident sovg‘asi — avtomobil bilan taqdirlanadi!
Tanlov uchun eng sara adabiyotlar Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan saralab olingan. Ro‘yxatga kirgan har bir asar — sizni g‘oliblik sari yetaklaydigan bilim manbai! 
Endi kitoblar qo‘lingizda!
Rasmiy veb-portallarimizga tashrif buyuring, elektron kitoblarni o‘qing, bilim boyliklaringizni kengaytiring va tanlovda ishtirok eting!
 Esingizda bo‘lsin:
Kitob o‘qib avtomobil yutib olish — endi bu haqiqat! 

 

Up
  • Savollar va javoblar
  • Tadbirlar
  • Yangilash